O'zbekiston

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmoqda

Baʼzi joylarda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmoqda

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

 

O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining shimoli-g‘arbiy hududlaridan tashqari) yakshanba kuni yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

 

Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 7-10 daraja iliqqacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  16 fevral – yakshanba kuni ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

 

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Toshkentda bugun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ertaga 15 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik  (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

 

Bugun va ertaga kunduzi harorat 7-10 daraja iliq bo‘ladi.  16 fevral- yakshanba kuni 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.