Jahon

Chiqindilarni kamaytirish uchun qo‘shimcha soliq joriy etilishi mumkin

Bu bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Chiqindilarni kamaytirish uchun qo‘shimcha soliq joriy etilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi (YI) tarixda ilk bor aʼzo davlatlar uchun oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha qonuniy majburiyatlar joriy qildi. Yangi kelishuvga ko‘ra, 2030 yilgacha chakana savdo, restoranlar va uy xo‘jaliklari oziq-ovqat chiqindilarini 30 foizga qisqartirishi lozim.

 

Shuningdek, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchilari chiqindilarni kamida 10 foizga kamaytirish majburiyatini oladi. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Yevropada har yili 59 million tonna oziq-ovqat chiqindisi hosil bo‘lib, bu 132 milliard yevro zarar keltirmoqda.

 

Kelishuv, shuningdek, to‘qimachilik sanoatini ham o‘z ichiga oldi. Yangi qonunlarga ko‘ra, moda brendlari va ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining barqarorligi va ekologik taʼsiriga qarab chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlash uchun moliyaviy hissa qo‘shishlari shart bo‘ladi.

 

 

Yangi qoidalar arzon va tez eskiradigan kiyimlar ishlab chiqaruvchi brendlarga qo‘shimcha soliqlar kiritishi mumkin. Qonunchilik, shuningdek, agressiv reklama kampaniyalari orqali isteʼmolchilarni tez-tez kiyim almashtirishga undaydigan kompaniyalarni ham nishonga oladi.

 

Bitim hozircha dastlabki hisoblanib, Yevropa Ittifoqi Kengashida hukumat vakillari tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"