O'zbekiston

Farg‘onadagi kompyuter klubida janjal yuz berdi

Hozirda voqea ishtirokchilari javobgarlikka tortilgan.

Farg‘onadagi kompyuter klubida janjal yuz berdi

21-fevral kuni Farg‘ona shahri Oqtov ko‘chasida joylashgan kompyuter klubida yetti nafar tanish o‘yin davomida baland ovozda bahslashgani sababli klub ish boshqaruvchisi F.Xudoynazarov ularga e’tiroz bildirgan.

 

Bu holat o‘zaro kelishmovchilikka sabab bo‘lib, fuqaro O.Vallomov ish boshqaruvchisining yuziga musht tushirgan. Shundan so‘ng, uning sheriklari ham janjalga qo‘shilgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar O.Vallomov, M.Qodirov va N.Mahmudjonovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Shuningdek, janjalda ishtirok etgan yana uch kishiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Narkotik modda yuk mashinasining maxfiy joyiga va ikkita akkumulyator ichiga yashirilgan.

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Xizmatlar kundalik hisob-kitoblarni soddalashtirish, naqd pulga ehtiyojni kamaytirish va xorijiy sayyohlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

20 yoshli haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, уo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Tibbiyot xodimlarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

O‘zbekistonda oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash dasturi 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda so‘nggi yillardagi islohotlar natijalarini qayd etdi.