Jahon

Tailand 40 nafar uyg‘urni Xitoyga deportatsiya qildi

Bu deportatsiya xalqaro noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Tailand 40 nafar uyg‘urni Xitoyga deportatsiya qildi

Tailand hukumati 40 nafar uyg‘ur qochqinni Xitoyga deportatsiya qilganidan keyin AQSH va Yevropa Ittifoqi bu harakatni keskin qoraladi. BMT inson huquqlari bo‘yicha rahbari Volker Turk bu qarorni xalqaro normalarni buzish deb baholadi. Uyg‘urlar 10 yildan ortiq vaqt davomida Tailandda hibsda bo‘lgan va Xitoyga jo‘natilganidan keyin ularning qiynoqqa solinish xavfi borligi aytilmoqda.

 

Bu deportatsiya xalqaro noroziliklarga sabab bo‘ldi. AQSH hukumati Tailand rasmiylaridan uyg‘ur qochqinlarini istagan davlatlariga ketishiga ruxsat berishni so‘radi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ham ushbu holatni inson huquqlariga zid deb baholab, Tailand hukumatini tanqid qildi. Xitoy esa deportatsiya qilingan uyg‘urlarni terrorchilikda gumon qilmoqda, biroq inson huquqlari faollari bu ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi.

 

So‘nggi yillarda uyg‘urlar Xitoy hukumati tomonidan kamsitish va majburiy mehnat kabi repressiyalarga uchragani haqida ko‘plab hisobotlar berilgan. Xitoy hukumati esa uyg‘urlar borasidagi barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda. Bunday deportatsiyalar ilgari ham kuzatilgan bo‘lib, 2015 yilda Tailand 100 dan ortiq uyg‘urni Xitoyga qaytarib yuborganida Turkiya va boshqa musulmon davlatlar qattiq norozilik bildirgandi.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.