Jahon

Rossiya dronlari Xarkovdagi shifoxonaga zarba berdi

Hujum oqibatida jarohatlanganlar bor.

Rossiya dronlari Xarkovdagi shifoxonaga zarba berdi

 

Juma kuni kechqurun Rossiya harbiy dronlari Ukrainadagi ikkinchi yirik shahar – Xarkovdagi tibbiyot muassasasi va boshqa obyektlarga zarba berdi. Mahalliy hokimiyat vakillarining ma’lum qilishicha, kamida besh kishi jarohatlangan.

 

Xarkov viloyati gubernatori Oleg Sinegubov Telegram orqali bergan bayonotida sakkizta dron shahar markazidagi uchta tuman bo‘ylab fuqarolik obyektlariga hujum uyushtirganini aytdi. Unga ko‘ra, besh kishi jarohatlangan, biroq shahar meri Igor Terehov bu raqamni yetti deb ko‘rsatdi.

 

Hujum oqibatida 50 dan ortiq bemor shifoxonadan evakuatsiya qilindi, yong‘inlar yuzaga keldi. O‘nlab binolar zarar ko‘rdi, ko‘p qavatli uylarda, avtomobil salonida va yirik gipermarketda derazalar sinib ketdi.

 

Bundan tashqari, Qora dengiz bo‘yida joylashgan Odessa shahrida ham dron hujumlari sodir bo‘ldi. Oqibatda xususiy uy va ishlab chiqarish korxonasi yong‘in ichida qoldi, bir kishi halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"