O'zbekiston

Toshkent va Jizzax viloyatida mansabdorlar qo'lga olindi

Ular bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda.

Toshkent va Jizzax viloyatida mansabdorlar qo'lga olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida sog‘liqni saqlash, energetika va ta’lim sohalarida faoliyat yurituvchi bir nechta mansabdor shaxs poraxo‘rlik bilan qo‘lga olindi.

 

Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi maxsus tibbiy ta’minot bazasida saqlanayotgan tibbiyot buyumlarini soxta hujjatlar orqali sotishga uringan. U xaridor bilan 57 880 AQSh dollariga kelishib, oldindan 40 000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Jizzax viloyatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Jizzax filiali Sharof Rashidov tumani elektr ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi “Energosavdo” korxonasi tuman bo‘limi nazoratchisi bilan til biriktirib, yakka tartibdagi tadbirkorning M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘yida joylashgan yer maydoniga elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchasi tashkil etishiga ruxsat berish evaziga 90 million so‘m olgan vaqtida ushlandi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v, g” bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Namangan shahridagi umumta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish bo‘yicha imtihon savollari va javoblarini mansabdor tanishlari orqali yetkazib berish evaziga 20 000 AQSh dollari talab qilgani aniqlandi. U 8 000 AQSh dollari va 156 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi. Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda Slovakiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi

Turistik firma menejeri xizmat evaziga fuqarodan 3 ming dollar va 2,5 mln so‘m talab qilgan.

custom img

Toshkentda yangi zamonaviy san’at markazi ochiladi

1912-yilda qurilgan sobiq tramvay deposi va dizel elektr stansiyasi negizida CCA Tashkent tashkil etildi.

custom img

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Tezkor tadbirlar davomida jami 1,2 kilogrammdan ortiq “gashish” hamda 782 dona “Tropikamid” aniqlangan.

custom img

Investorlar va yirik klasterlarga 40 ga yaqin startap loyihasi taqdim qilindi

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Demo Day” tadbiri o‘tkazildi.

custom img

Toshkentda 1,2 kilometrlik BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi

Shahrisabz ko‘chasidagi BRT loyihasining birinchi bosqichi doirasida yangi avtobus bekatlari va alohida harakat yo‘lagi tashkil etilib, yo‘l infratuzilmasi to‘liq qayta qurildi.

custom img

Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi

Uning o‘rniga Muxsinxo‘ja Abdurahmonov agentlik direktori etib tayinlandi

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH senatori bilan strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

custom img

Toshkentning to‘rt tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklovlar texnik ishlar yakunlangach bekor qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"