Jahon

Germaniyada mehmonxona xarajatlarini to'lamagan ayol hibsga olindi

U 15 yil davomida mehmonxonalarda tekin yashagan.

Germaniyada mehmonxona xarajatlarini to'lamagan ayol hibsga olindi

 

Germaniyaning Shverin shahrida mehmonxonalar xodimlarini chalg‘itib, 15 yil davomida turar joy uchun pul to‘lamay yashagan ayol nihoyat qo‘lga olindi. Dyusseldorfdan kelgan bu ayol so‘nggi marta Meklenburg-Vorpommern hududidagi mehmonxonalardan biriga joylashgan va o‘zini to‘lovga qodir sifatida ko‘rsatgan. Biroq, u kredit kartasini yo‘qotganini aytib, pulni keyinroq to‘lashni va’da qilgan.

 

Mehmonxona xodimlari ayolning harakatlaridan shubhalanib, politsoiyaga xabar berishgan. Tekshiruv natijasida, u bir necha kun yashab, taxminan 500 yevro miqdoridagi hisobni to‘lamasdan qochmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Politsiya uni mehmonxonadan qochishga urinayotganida qo‘lga olgan.

 

Dastlabki surishtiruvlar davomida bu ayol oxirgi 15 yil ichida shu usul bilan 100 dan ortiq mehmonxonada tunagani ma’lum bo‘ldi. U har safar yangi mehmonxonaga joylashib, bir necha kun yashagan va hisob-kitobni to'lamasdan g‘oyib bo‘lgan.

 

Shverin prokuraturasi ayolga nisbatan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Filippinda 3 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda so‘nggi to‘rt oy ichida maktablarda uchinchi otishma sodir bo‘ldi.

custom img

«Sharq-G‘arb» neft quvuri yopiq: Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi

Mazkur holat ayrim mijozlarni muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan.

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

custom img

Isroilga vizasiz kirish: Qozog‘iston fuqarolari bemalol yo‘l olishi mumkin

Bu Qozog‘istonni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga vizasiz kirish imkoniga ega birinchi davlatga aylantiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"