O'zbekiston

Janubiy Koreyada samolyot tasodifan uylarga bomba tashladi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor.

Janubiy Koreyada samolyot tasodifan uylarga bomba tashladi

Janubiy Koreyaning Pxochxon shahrida mashg‘ulotlar paytida tinch aholi yashaydigan turar-joy binosiga favqulodda bomba tushdi. Bu haqida Yonhap agentligi xabar berdi.

 

“Rasmiylar mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida Seuldan taxminan 43 km shimolda joylashgan shahardagi turar-joy binosiga snaryad tushgani, buning oqibatida bir nechta bino vayron bo‘lgani hamda 15 kishi, jumladan, ikki askar va ikki xorijlik jabrlangan haqida xabar kelib tushganini maʼlum qildi”, - deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, mahalliy aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha buyruq berilgan. Rasmiylar voqea tafsilotlarini o‘rganishni boshladi.

 

Ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan, biroq ularning tan jarohatlari hayot uchun xavfli emasligi taʼkidlangan. Yana 8 nafar jabrlanuvchi yengil tan jarohati bilan shifoxonalarga yetkazilgan. Sakkizta bino, jumladan, cherkov, shuningdek, yuk mashinasi shikastlangan.

 

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.