O'zbekiston

4 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi fosh bo‘ldi

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

4 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi fosh bo‘ldi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda turli viloyatlarda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

 

Navoiy viloyatida tadbirkor 1 gektar yer maydonini o‘ziga tegishli deb ko‘rsatib, uni 2 milliard so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. U 1 milliard so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi. Andijon viloyatida esa aka-uka davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 300 ming AQSH dollariga sotishga uringan, ulardan biri 50 ming dollar olganida ushlandi.

 

Farg‘onada fermer xo‘jaligi rahbari 50 sotix yer maydonini 55 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, 45 ming dollarni olganida qo‘lga tushdi. Toshkent viloyatida esa davlat zaxirasidagi 16 sotix yerni 352 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro va uning sherigi oldindan 30 ming dollar olgan vaqtida ushlanib, noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.