Jahon

Isroil G‘azodagi elektr taʼminotini uzib qo‘ydi

G‘azoliklar endi generatorlardan foydalanmoqda.

Isroil G‘azodagi elektr taʼminotini uzib qo‘ydi

Isroil hukumati G‘azo sektorida hali ham elektri bor oxirgi inshootni ham quvvat manbaidan uzdi. Energetika vaziri Eli Koen bu qaror garovga olingan fuqarolarni ozod qilish uchun bosim o‘tkazish maqsadida qabul qilinganini aytdi.

 

Hamas bu harakatni “genotsid urushining davom etishi” deb atadi va xalqaro qonunlarga zid ekanligini taʼkidladi. G‘azoliklar asosan generatorlar va quyosh energiyasidan foydalanishga majbur bo‘lib qolgan.

 

Shu bilan birga, Qohirada sulh muzokaralari davom etmoqda. AQSH vositachiligida Isroil va Hamas o‘rtasida kelishuvga erishishga harakat qilinmoqda, biroq tomonlar hali yakuniy qarorga kelmagan.

 

Isroilda ayrim siyosatchilar G‘azodagi yoqilg‘i omborlari va generatorlarni nishonga olishni talab qilmoqda. Ular garovdagi fuqarolar ozod qilinmaguncha hududga hech qanday energiya resurslari yetkazib berilmasligini taʼkidlamoqda.

custom img

Isroil Hizbulloh bazasini portlatdi: portlash 4,1 magnitudali zilzilaga sabab bo‘ldi

2 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ikkita tunnelni yo‘q qilish uchun 1 ming tonnadan ortiq portlovchi modda ishlatilgan.

custom img

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ

Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish qayta tiklangani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim yerosti inshootlarida raketa yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"