Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, avariyaga uchradi
YHXB holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Bugun, 12 mart kuni soat 10:45 larda Chilonzor tumani 2-Qatortol ko‘chasida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida transport vositasi texnik shikastlangan va haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







