O'zbekiston

Toshkentda tilanchilik qilgan ayol majburan IIBga olib ketildi

Hozirda unga nisbatan 3 ta modda bo‘yicha ish ochilgan.

Toshkentda tilanchilik qilgan ayol majburan IIBga olib ketildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirobod tumanida fuqaroning IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 11 mart kuni taxminan soat 21.30 larda Mirobod tumani hududida 1989 yilda tug‘ilgan X.A. o‘zining uch nafar voyaga yetmagan farzandlaridan foydalanib, ularning sog‘lom hayot kechirishi va taʼlimga jalb qilinishini taʼminlamasdan, tilanchilik bilan shug‘ullanganligi aniqlangan.

 

Mazkur huquqbuzarlikni to‘xtatish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida PPX xodimlari ushbu ayolni yaqin oradagi IIBga taklif qilishgan. Biroq fuqaro ichki ishlar organlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 188 prim 3-moddasi (“Tilanchilik qilish”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Uch nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Videotasvirda aks etgan holatda xodimlarning harakatiga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

QazETA tizimida o‘zbekistonliklarga imtiyoz berilishi mumkin.

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

O'zbekiston rahbari reytingda 40-o‘rinni egalladi va bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Guruhda “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi materiallar tarqatilgan.