O'zbekiston

Advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi

Ular tezkor tadbir davomida pora olib qo‘lga tushishgan.

Advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bo‘ston tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosining advokat stajyori hamda 1984 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zaro kelishgan holda, o‘zganing nomida bo‘lgan 34 sotix noturar yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga turar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 34 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Boshqa holatda esa Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan Bektemir tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 184 va 189-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha 4 nafar fuqaroni javobgarlikka tortmaslik va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 25 ming AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ushbu pul mablag‘ini advokatning ko‘rsatmasiga asosan, uning 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan tanishi olgan vaqtida ushlandi.

 

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa Peshku tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudi tomonidan sudlangan fuqaroga oid ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rilishi jarayonida unga nisbatan oqlov hukmi chiqarish masalasini sud tizimidagi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosining muqaddam sudlangan ishchisi Shayxontohur tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Jinoyat Kodeksining 131-moddasi bilan poytaxtdagi Spa-salonlardan birining boshqaruvchisiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali tergov jarayonida tugatishga ko‘maklashish evaziga o‘zining 1993 yilda tug‘ilgan tanishi orqali 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. 

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, advokatlik byurosi ishchisi ushbu masalani o‘zi ishlayotgan advokatlik byurosi advokati orqali hal qilib berishni rejalashtirganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va byuro advokati ham mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, advokatlik byurosi ishchisi Spa-salon boshqaruvchisidan muqaddam 4500 AQSH dollari olganligi ham maʼlum bo‘ldi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.