Jahon

“Turk odil sudloviga ishonish kerak”

Turkiya Adliya vazirligi mamlakatda yuz berayotgan voqealarga bayonot berdi.

“Turk odil sudloviga ishonish kerak”

“Qadrli matbuot xodimlari,

Hurmatli do‘stlar,

 

Avvalambor, mehr va ehtirom bilan salomlashishimga ijozat bergaysiz.

 

Istanbul Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida 106 nafar gumonlanuvchiga, jumladan, Istanbul shahar Hokimiga nisbatan bugun ertalab hibsga olish to‘g‘risida qarorlar chiqarildi.

 

Bu doirada; Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan 2 ta tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha byuro tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida Istanbul shahar Hokimi ham shular jumlasidan bo‘lgan 7 kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Ushbu tergovda gumonlanuvchilar terrorchilik tashkilotiga yordam berish jinoyatini sodir etganliklari iddao qilinmoqda.

 

Qayd etilishicha, boshqa tergov harakatlari Uyushgan Jinoyatlarni tergov qilish Byurosi tomonidan olib borilmoqda. Ushbu tergov doirasida ham 100 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, ular orasida yana Istanbul shahar Hokimi ham bor.

 

Ushbu tergovda gumonlanuvchilar jinoiy uyushma tarkibida poraxo‘rlik, tovlamachilik, kim oshdi savdolarida til biriktirish, malakali (kvalifitsiyalangan, jiddiy, og’ir) firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda egallash kabi jinoyatlarni sodir etganliklari aytilmoqda.

Ikkala tergov bo‘yicha jami 106 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, Istanbul Respublika Bosh prokuraturasining bayonotidan ma’lum bo‘lishicha, tergov materiallari orasida MASAK hisobotlari, soliq ekspertizasi xulosalari, depozitlar haqida hisobotlar, guvohlarning bayonotlari va boshqa dalillar mavjud.

 

Tergov har tomonlama o‘ta puxta va sinchkovlik bilan olib borilmoqda.

 

Muhtaram matbuot xodimlari, qadrli do‘stlar!

 

Men buni alohida ta’kidlab o’tmoqchiman. Turkiya Respublikasi huquqiy davlatdir.

 

Konstitutsiyamizning 9-moddasida ayon: Sud hokimiyati Turk millati nomidan mustaqil va xolis sudlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Qonun ustuvorligi muhim. Qonun oldida hamma tengdir, hech kimga ustunlik berilmaydi.

 

Konstitutsiyamizning 138-moddasiga muvofiq sudlar mustaqildir. Hech bir organ, hokimiyat, ma’muriyat yoki shaxs o‘z yurisdiksiyasini amalga oshirishda sudlarga va sudyalarga buyruq va ko‘rsatmalar bermaydi, sirkulyar tarqatmaydi, maslahat va tushuntirishlar bermaydi.

 

Jinoyat-protsessual kodeksining 157-moddasiga ko‘ra, tergov bosqichi yashirin hisoblanadi. Ushbu maxfiylik odil sudlovning sog‘lom ishlashi, huquqbuzarliklarning oldini olish, aybsizlik prezumptsiyasi va nomga dog‘ tushirmaslik huquqi nuqtai nazaridan juda muhimdir.

 

Qo‘zg‘atilgan tergovga nisbatan ish mazmuni, da’vo va dalillardan bexabar holda baho berish to‘g‘ri emas.

 

Xolis va mustaqil sud olib borayotgan tergovlarni turli tomonlarga tortish, to’ntaruv kabi iboralar bilan tavsiflash o‘ta xavfli va xatodir.

 

Shuningdek, ko‘chalarga chiqib surishtiruvlar haqida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan chiqishlarni umuman qabul qilib bo’lmaydi.

 

Hamma bilishi kerakki, Huquqiy davlatda, agar jinoyat sodir etilgani haqida da’vo bo‘lsa, himoya ko‘chalarda emas, balki sud organlarida bo‘ladi.

 

Jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida dalillar mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqda tegishli tergov harakatlari vakolatli sud organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Sud oldida hisob berish va himoyalanish har bir kishi uchun huquq, shu bilan birga majburiyatdir.

Hurmatli do‘stlar,

 

Sud qo‘zg‘atgan tergov va ishlarni muhtaram Prezidentimizga bog‘lash, eng yengil ta’bir bilan aytganda, haddidan oshish, haddini bilmaslikdir.

 

Mamlakatimizda qonun, ijro, sud bilan kuchlar bo‘linishi muhimdir. Sud hech kimdan buyruq va ko‘rsatma olmaydi.

 

Sudga hujum qilish, sudyalarga tahdid qilish, ularni haqorat qilish demokratik huquqiy davlatda hech qachon qabul qilinmaydi.

 

Odil sudlovni ta’minlash uchun olib borilayotgan tergovga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan munosabat va xatti-harakatlar qilish o’rniga, aql bilan ish tutish kerak.

 

Xolis va mustaqil sudning qarori barcha uchun majburiy va hurmat bilan qabul qilinishi kerak.

 

Tergov bosqichida da’volar, himoya va dalillar ko’zdan kechiriladi, tergovning maxfiyligi yo‘qolganda esa, jamoatchilik moddiy haqiqatni to‘liq ochiqlik va shaffoflik bilan ko‘radi.

 

Shuning uchun hozirdan boshlab, tergov mazmuni haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib, oldindan ijobiy yoki salbiy xulosa chiqarish to‘g‘ri emas.

 

Shuni unutmaslik kerakki, Huquqiy davlatda beayblik prinsipi va dog‘ tushirmaslik huquqi asosiy hisoblanadi.

Turk odil sudloviga ishonish kerak. Sudning o‘zida huquqni qidirish usullari butunlay ochiqdir.

 

Odil sudlovning to‘liq va mukammal amalga oshirilishi uchun jarayonni xotirjam kuzatish, chiqariladigan qarorni hurmat bilan qabul qilish barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

Hech kimda shubha bo‘lmasin.

 

Sud amalga oshirayotgan ishlar o‘z-o‘zidan nazorat qilinishi lozim. Kim qanday da’volarga qarshi chiqayotgani, ularning himoyasi qandayligi, da’volarga nisbatan dalillar qandayligi, o‘tkazilgan tergov natijasida ma’lum bo‘ladi. Hammamiz birgalikda tergov natijasini xotirjamlik bilan kutishimiz kerak.

 

Barchangizga rahmat, do‘stlar, omon bo‘ling”, deyiladi rasmiy bayonotda.

custom img

Kot-d’Ivuarda suv toshqinlari oqibatida 60 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Qo‘shni Ganada ham toshqinlar tufayli 12 kishi vafot etgan. Rasmiylar qidiruv ishlari davomida yana qurbonlar aniqlanishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi

Bolani Iordaniyadan kelgan qutqaruvchilar vayronalar ostidan olib chiqqan, hozirda 3 yoshli Kliber Moran shifoxonada davolanmoqda.

custom img

Dohada AQSh va Eron o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar o'tkazilmoqda

Muloqot vositachilar orqali olib borilmoqda.

custom img

Qozog‘istonda ikki palatali parlament faoliyati yakunlandi

Qozog‘iston prezidenti yangi siyosiy tizim — Qurultoy faoliyati qonun ijodkorligiga yangicha yondashuv asosida tashkil etilishini ta’kidladi.

custom img

Pokistonda o‘quv markazi tomi qulashi oqibatida 14 nafar bola halok bo‘ldi

Pokiston Prezidenti halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tiladi.

custom img

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘zgardi

Sadir Japarov MXDQ raisi Jumg‘albek Shabdanbekovni boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qildi.

custom img

Tramp benzin narxlarini pasaytirishni talab qilib, sotuvchilarga tahdid qildi

AQSh prezidenti narxlarni sun’iy oshirish noqonuniy ekanini ta’kidlab, bunga amal qilinmasa, "katta muammolar" yuzaga kelishini aytdi.

custom img

Venesueladagi zilzilada AQShdan deportatsiya qilinganlar joylashtirilgan mehmonxona qulab tushdi — ABC

Mehmonxona vayron bo‘lishi oqibatida ayrim deportatsiya qilingan fuqarolar halok bo‘lgan, boshqalari esa bedarak yo‘qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"