Jahon

Isroil va Livan o‘rtasidagi ziddiyat yana avj oldi

Isroil Livanga havo hujumlarini amalga oshirmoqda.

Isroil va Livan o‘rtasidagi ziddiyat yana avj oldi

 

Isroil armiyasi Livan janubidagi “Hizbulloh” harakatining pozitsiyalariga havo hujumlari uyushtirdi. Bu hujumlar Livandan Isroilga qarata raketalar otilganidan so‘ng amalga oshirilgani aytilmoqda.

 

Isroil qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar “Hizbulloh”ga tegishli harbiy obyektlar va qo‘mondonlik markazlariga qaratilgan. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi esa ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘lganini, sakkiz kishi yaralanganini ma’lum qildi.

 

“Hizbulloh” Isroilga raketa hujumi uyushtirganini rad etib, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga rioya qilayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Livan armiyasi mamlakat janubida raketa uchirishga mo‘ljallangan uchta moslamani yo‘q qilganini bildirdi.

 

Bu zarbalar AQSh va Fransiyaning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha olib borayotgan muzokaralari davomida sodir bo‘ldi. Sulh shartlariga ko‘ra, Livan armiyasi janubdagi nazoratni kuchaytirishi, “Hizbulloh” jangchilarini shimolga olib chiqishi va Isroil harbiylari Livan hududidan chekinishi kerak.

 

Biroq, Isroil “Hizbulloh” kuchlarini qayta qurollanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarbalarni davom ettirishini bildirgan. Bu voqealar Isroilning G‘azo sektorida “Xamas”ga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlaganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

YUNESKO so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.