O'zbekiston

IESlarda eskirgan qurilmalardan voz kechiladi

Shu orqali yoqilg‘i sarfi va tannarx pasaytiriladi.

IESlarda eskirgan qurilmalardan voz kechiladi

Issiqlik elektr stansiyalarida energiya samaradorlik bo‘yicha tashkil etilgan ishlarni yana-da jadallashtirish, tarmoqda “yashil transformatsiya” jarayonini amalga oshirish, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobatbardoshligi taʼminlash, energiya resurslar tejamkorligiga erishish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish, aholining yashash sifatini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishning yangi “yashil rivojlanish” modeliga o‘tish maqsadida 2025-2027 yillarda jami 3257 MVt quvvatga ega 23 ta qurilma konservatsiya va ekspluatatsiyadan chiqarililadi. Shundan 80 foizi, yaʼni 2617 MVtli 19 ta qurilma “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Belgilangan rejaga muvofiq, eski va energiya samaradorligi past qurilmalarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish (konservatsiya qilish) ishlari Sirdaryo, Tolimarjon, Angren, Yangi-Angren, Toshkent, Navoiy issiqlik elektr stansiyalarida va Farg‘ona issiqlik elektr markazida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Issiqlik elektr stansiyalaridagi maʼnan va jismonan eskirgan qurilmalarni foydalanishdan chiqarishdan asosiy maqsad o‘tgan asrning 60-70 yillarida qurib foydalanishga topshirilgan, texnik shartlarga ko‘ra o‘zining ekspluatatsiya muddatini 2 marta, ayrim joylarda esa 3 marta ko‘p o‘tab bo‘lgan qurilmalarni ishdan chiqarish vositasida shartli yoqilg‘i sarfini kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish  hamda issiqlik elektr stansiyalarining atrof-muhitga taʼsirining oldini olish hisoblanadi.

 

Shuningdek, ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirish, zamonaviy energiya tejamkor va samarador qurilmalarni joriy etish maqsadida Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida yuqori samarador umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan navbatdagi 3, 4-bug‘-gaz qurilmalarini qurib ishga tushirish ishlari yakuniy bosqichga kirgan.

 

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt bo‘lgan 3-bug‘-gaz qurilmasini bunyod etish ishlari olib borilmoqda.

 

“Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti so‘ngi nuqtalarida joylashgan mahallalarda kogeneratsiya loyihalarini amalga oshirish” investitsiya loyihasi doirasida Sergeli tumanida 2,3 MVt elektr, 11 Gkal issiqlik va Yunusobod tumanidagi 4-son issiqlik markazi hududida 100 MVt quvvatga ega gaz-porshenli qurilmasi bunyod etilmoqda.

 

Joriy 2025 yilda bu kabi loyihalar asosida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek , Yangihayot, Uchtepa va Yashnobod tumanlarida ham zamonay kogeneratsiya qurilmalarini qurib ishga tushurish rejalashtirilgan

 

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"