O'zbekiston

Sirdaryoda stadionda haydalgan Captiva auksionda sotildi

Odamlar ustiga haydalgan Captiva 100 mln so‘mga sotildi va davlat hisobiga o‘tkazildi.

Sirdaryoda stadionda haydalgan Captiva auksionda sotildi

 

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida stadionga boshqarib tushirilgan va odamlar ustiga haydalgan Captiva auksion orqali 100 million so‘mga sotildi. Sotuvdan tushgan mablag‘ davlat daromadiga o‘tkazildi.

 

2024-yil 29-may kuni mast holdagi haydovchi o‘zining Captiva avtomashinasini Sayxunoboddagi stadionga haydab tushgan va atrofdagilar hayotiga xavf solgan. U mashinani odamlar ustiga yo‘naltirgan va natijada ikki kishiga zarar yetkazgan. Voqea joyidan qochib ketgan haydovchi keyinchalik qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha ish ochilgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, haydovchiga 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jinoyatda ishlatilgan avtomobil esa davlat foydasiga musodara qilinib, byuroning Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan auksion savdosiga chiqarildi.

 

2025-yil 3-mart kuni bo‘lib o‘tgan savdoda Captiva 100 million 567 ming so‘mga sotildi va mablag‘ davlat g‘aznasiga yo‘naltirildi.

 

Ayblanuvchi sud jarayonida o‘z xatti-harakatidan afsuslanishini bildirib, shunday degan: "Ikkinchi aylangan vaqtimda mashinamning burchagi bir bolaga tegib ketdi. Keyin shuncha voqea bo‘ldi, tavakkal dedim-da, stadion darvozasiga qarab haydadim. O‘sha orada mashinani toshbo‘ron qilishdi. Keyin to‘g‘ri chiqib, uyimga ketdim. Hammadan uzr so‘rayman, tavba qildim. Endi umuman odam yig‘ilgan joyga, to‘yga ham bormayman, va’da beraman. Oxirgi imkoniyat berishingizni so‘rayman."

 

Sud jarayonida jabrlanuvchilar haydovchiga e’tirozi yo‘qligini bildirgan bo‘lsa-da, uning voqea joyidan qochib ketgani og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholangan va unga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.