Jahon

Shimoliy Koreyada birinchi kompyuter klubi ochildi

“Raqamli markaz” da kompyuter va monitorlar yo'q.

Shimoliy Koreyada birinchi kompyuter klubi ochildi

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yaqinda mamlakatda ochilgan birinchi "kompyuter klubi"ni shaxsan borib ko‘zdan kechirdi. Rasmiy ochilish marosimi arafasida u klub infratuzilmasi bilan tanishdi.

 

Qizig‘i shundaki, 300 kishiga mo‘ljallangan bu klubda kompyuterlar va monitorlar mavjud emas. Rasmiy kadrlarda binoning zamonaviy ko‘rinishi, yorqin yoritilgan zallari, ko‘plab bilyard stollari va o‘yin kreslolari aks etgan. Kompyuter texnikasi mavjud bo‘lmagani esa xalqaro kuzatuvchilar e’tiborini tortgan.

 

Rasmiy matbuot bu klubni "raqamli bilimlar markazi" deb atagan bo‘lsa-da, uning aniq funksiyalari va foydalanish tartibi bo‘yicha tafsilotlar berilmagan. Bu holat Shimoliy Koreyada texnologiyaga oid infratuzilmalar qanchalik rivojlanganiga oid savollarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Filippinda 3 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda so‘nggi to‘rt oy ichida maktablarda uchinchi otishma sodir bo‘ldi.

custom img

«Sharq-G‘arb» neft quvuri yopiq: Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi

Mazkur holat ayrim mijozlarni muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan.

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

custom img

Isroilga vizasiz kirish: Qozog‘iston fuqarolari bemalol yo‘l olishi mumkin

Bu Qozog‘istonni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga vizasiz kirish imkoniga ega birinchi davlatga aylantiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"