Jahon

Demokratlar Trampdan Maskni lavozimdan chetlashtirishni so‘ramoqda

Unga 30-maygacha ultimatum qo‘yildi.

Demokratlar Trampdan Maskni lavozimdan chetlashtirishni so‘ramoqda

 

AQSh Kongressining 77 nafar demokrat a’zosi prezident Donald Trampga ochiq murojaat bilan chiqib, Ilon Maskning 30-mayga qadar “maxsus davlat xizmatchisi” lavozimini tark etishini rasman ta’minlashni talab qilishdi.

 

Demokratlar Maskning bir vaqtning o‘zida davlat lavozimi bilan birga Tesla va SpaceX singari xususiy kompaniyalardagi faoliyatini davom ettirayotgani qonunga zid ekanini ta’kidlamoqda. AQSh qonunchiligiga ko‘ra, bu maqomdagi shaxs yiliga 130 kundan ortiq ishlashi mumkin emas.

 

"Biz Tramp ma’muriyatidan Maskning iste’foga chiqishi borasida ochiq va aniq bayonot berishini talab qilamiz," – deyiladi xatda.

 

Texaslik demokrat kongressmen Gregori Kazar bu harakat faqat siyosiy kampaniya emas, balki qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar talab bajarilmasa, demokratlar barcha huquqiy va jamoaviy bosim vositalarini ishga soladi.

 

Bu murojaat, ayniqsa, Maskning AQSh hukumati bilan texnologik va harbiy sohalardagi hamkorligi ortib borayotgan bir paytda e’lon qilinayotgani, masalaga strategik tus bermoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

YUNESKO so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.