O'zbekiston

Orzuning izidan

Hayotning og‘rig‘i bilan sug‘orilgan orzular bir kun kelib gullashi mumkin.

Orzuning izidan

Dars tugashi bilan mahallamizdagi bolalar bilan dalaga mol boqishga chiqardik. Qo‘limda mahkam tutilgan arqonda bitta sigir.

 

Uchinchi sinfdan boshlab to‘qqizinchi sinf tugunicha faqat shu bitta sigirni boqdim.

 

Sheriklarimning mollari yil sayin ko‘payib, har yili ikki-uchtadan buzoq tug‘ilardi. Ular quvonch bilan u buzoqlarni boqishar, ko‘zlari porlardi. Mening esa har yili qalbimni yulib, ko‘z yoshim bilan bozorga sotadigan birgina buzog‘im bo‘lardi.

 

Bahorning oxirida, sutdan to‘yingan, har qaraganda ko‘z quvonarli holatga kelgan buzoqni yetaklab mol bozoriga otlanardim.

 

Bozorda buzoqni boshqalarga ko‘z yoshimni ko‘rsatmasdan yig‘lab yig‘lab sotardim.

 

Lekin sotmasdan iloj yo‘q edi. Sababi shu buzoqning puliga g‘alla olib, qishga ozuqa tayyorlardik. Baʼzan yozda nonni ham o‘lchab yegan kunlarimiz bo‘lgan “keyingi bug‘doy pishig‘igacha yetishimiz kerak”, derdi yenam.

 

Ammo shunday sharoitda ham yuragimda umid o‘chmasdi. Men orzu qilardim shaharga ketishni, o‘qishni, yaxshi inson bo‘lishni.

 

Dalalarda mol boqarkanman, bekor o‘tirmaslik uchun kitoblar o‘qirdim. “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Ot kishnagan oqshom”, Shukur Xolmirzayev asarlari... Ular men uchun yurakni orzular bilan sug‘oruvchi so‘zlar, ruhni issiq qiladigan shijoat manbai edi.

 

Mahallaning katta yoshli yigitlari esa masxara qilardi: Senga o‘xshagan kambag‘allardan kim o‘qirdi? Shaharga boylarni bolasi o‘qiydi. O‘zi yashashaga uylaring bo‘lmasa shaharda kimni ko‘zi uchib turgan ekan, derdi.

 

Lekin ichimda ovoz shivirlardi: “Bir kuni sen ham kerak bo‘lasan...”

 

Shunday bo‘lsa-da, kelajakka ishonar edim. Toshkentga kelganimda turli qiyinchiliklarga duch keldim. Ancha yillar qo‘ylik bozorida arava ham tortdim. Ammo taqdir meni imtihon qilar, men esa birma-bir sinovlardan o‘tishga harakat qilar edim.

 

Institutni tugatdim, qiynalib bo‘lsa-da ishga kirdim. 10 yildan ortiq vaqt ichida turli tashkilotlarda mehnat qildim, ko‘p ustozlardan saboq oldim.

 

Kuni kelib, har doim havas bilan qaragan, ishlashni orzu qilgan tashkilotga qabul qilindim. Va taqdir taqozosi bilan, birinchi marta qatnashgan yig‘ilishim aynan “kadrlar tanlovi” mavzusida bo‘ldi.

 

O‘sha yig‘ilishda tashkilot rahbari, ko‘p yoshlarning ustozi, yuksak fikrli inson — shunday dedi:

 

— Bizga tanishi bor, puli bor insonlar emas, iqtidori bor, orzu qilgan, xatosidan saboq oladigan va yaratganga suyanadigan vijdonli yoshlar kerak.

 

Bu so‘zlar butun vujudimni larzaga soldi. O‘tmish ko‘z oldimdan jonlandi: sigir boqqan onlar, buzoq sotilgan saharlar, orzu bilan o‘qilgan kitoblar, masxara qilgan yigitlar va men, qishloqning dalasidan turib osmonga boqqancha, Xudoga shivirlagan duolarim: “Bitta imkoniyat, faqat bittasini ber…”

 

Agar o‘sha payt kulib qaragan yigitlarga ishonganimda, men bugungi manzilda emas, balki o‘sha xira umrning bir burchagida qolib ketgan bo‘lardim.

 

Chunki ular orzuni o‘ldiradigan, aqlga emas, jahlga suyanadigan insonlar edi.

 

Shuning uchun, agar imkonim bo‘lsa, o‘sha vaqtda yuragimni og‘ritgan yigitlarga aynan shu rahbarning so‘zlarini yetkazgim keladi:

 

Bizga tanishi bor, puli bor insonlar emas, iqtidori bor, orzu qilgan, xatosidan saboq oladigan vijdonli yoshlar kerak.

 

Chunonchi, hayotning og‘rig‘i bilan sug‘orilgan orzular bir kun kelib gullashi mumkin.

 

Zero, cho‘lda ham bahor kelishini kutayotgan nihol ildizi bo‘lishi mumkin. Va ehtimol, uning o‘sishiga yoz yomg‘iri, bir kutilmagan imkoniyat kifoya qilar.

 

Elbek Shoyim 

custom img

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonaga olib borilgan.

custom img

Toshkentda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi

Bunga anomal issiq sharoitida tozalash xizmati xodimlari ishga jalb etilgani hamda ularga zarur mehnat sharoitlari yaratilmagani sabab bo‘ldi.

custom img

O‘zbekiston biometrik pasportlari xalqaro xavfsizligi kuchaytirildi

Mazkur yangilanish biometrik pasportlardagi ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlab, xalqaro sayohatlar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

custom img

O‘zbekistonda hafta oxirida yana jazirama kuzatiladi

Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.

custom img

O‘zbekistondagi muzeylardan 500 dan ortiq eksponat yoqoldi

Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va Sirdaryo viloyati muzeyi fondlarida eksponatlar yetishmayotgani aniqlandi.

custom img

Angrenda mashinadan unashtirilgan yigit va qizning jasadi topildi

Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.

custom img

Elektr energetikasi tizimida dispetcherlik boshqaruvi takomillashtiriladi

Milliy, mintaqaviy va hududiy dispetcherlik funksiyalari Milliy dispetcherlik markazi boshqaruviga o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

Qurilish ishlari yo‘lning markaziy qismida amalga oshiriladi, transport harakati esa chekka polosalar orqali davom ettiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"