Jahon

Gollandiyalik harbiy NATO mashg‘ulotlarida halok bo‘ldi

Hodisa yuzasidan politsiyasi tergov boshlagan.

Gollandiyalik harbiy NATO mashg‘ulotlarida halok bo‘ldi

Niderlandiya qirollik armiyasining 21 yoshli askari Germaniyaning Gardelegen shahrida o‘tayotgan NATO mashg‘ulotlari chog‘ida halok bo‘ldi. “Bastion Lion” nomli mashq doirasida Germaniya va Niderlandiyadan 3 500 ga yaqin askar ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi NATOning sharqiy chegaralarini himoya qilish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishdir.

 

Mashg‘ulotlarda 1 800 dan ortiq harbiy texnika va 200 ga yaqin dronlardan foydalanilgan. Ammo baxtsiz hodisadan so‘ng mashg‘ulotlar zudlik bilan to‘xtatildi. Hozircha hodisa tafsilotlari oshkor qilinmagan. Brigada generali Gert-Yan Kuy marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, “Hozir bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash muhim”, deya ta’kidladi.

 

Voqea yuzasidan Saksoniya-Anxalt politsiyasi tergov boshlab yubordi. Tergovga Germaniya harbiy politsiyasi va Gollandiya jandarmeriyasi ham jalb etilgan. Hodisa NATO mashg‘ulotlaridagi xavfsizlik choralarini yana bir bor muhokamaga olib chiqishi kutilmoqda.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

custom img

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"