O'zbekiston

Namanganda 10-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib 4-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Namanganda 10-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib 4-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 23-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli Cobalt avtomobilini boshqarib, o‘sha maktabning 4-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi mashinani ota-onasi yo‘qligidan foydalanib, yashirincha boshqargan. U harakatlanish chog‘ida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani ko‘rib, to‘xtashga harakat qilganini, biroq uni urib yuborganini aytmoqda. Og‘ir tan jarohatlari olgan bola kasalxonada vafot etgan.

YTHdan so‘ng bolaning otasi Rossiyadan zudlik bilan qaytgan va voqea yuzasidan kechirim so‘ragan:

“Bu xabarni eshitganimda Rossiya Federatsiyasida edim. Darhol chiptani olib, uyga qaytdim. Uyda na men, na onasi bo‘lganmiz. Rossiyada bo‘lgan vaqtimda ham telefon orqali gaplashganimda, unga: ‘Mashina bu o‘yinchoq emas, tegma’, deb ogohlantirgan edim. Aybdorman, bu ish qanday sodir bo‘lganini o‘zim ham tushunmay qoldim. Endi biz o‘sha bolaning o‘limiga sababchi bo‘lib qoldik. Avvalo, meni kechirishsin” – deydi voqea ishtirokchisining otasi.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (o‘limga olib kelgan YTH) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Poytaxtda tunda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Kunduzi esa vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida qariyb 28 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va tejaldi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi o‘zgarish, Erkinjon Turdimov Bosh vazir birinchi o‘rinbosari hamda ta’lim va fan vaziri bo‘ldi, ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Namanganda 10-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib 4-sinf o‘quvchisini urib yubordi | Zamon.uz