O'zbekiston

Sanʼatdan baxtini topganlar

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati institutida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Sanʼatdan baxtini topganlar

Bugun, 15 aprel — Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati institutida “Sanʼatdan baxtini topganlar” shiori ostida bayram dasturi o‘tkazildi.

 

Dastur avvalida institut rektori Eldor Shermanov barcha madaniyat va sanʼat xodimlarini samimiy qutladi hamda o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Shuningdek, “Maʼnaviy go‘zallikning posbonlari” yaʼni madaniyat xodimlari madaniyat va sanʼat sohasida o‘zining fidokorona xizmatlari hamda ijodiy tashabbuslari bilan o‘rnak ko‘rsatgan bir qator professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

 

Bayram munosabati bilan qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faxrli o‘rinni egallagan jamoa aʼzolari munosib taqdirlandi. Shundan so‘ng “Sanʼatdan baxtini topganlar” konsertning badiiy qismi boshlandi.

 

Dastur davomida “Katta ashula” “O‘zgacha”, “Kelib gulzorima”,“Duxtori xushro‘y”, “Ayrilmasun”, “Lazgi”, “Surxoncha” kabi milliy musiqa va kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

custom img

Sudya Aziza Mirzayeva majlisga ketayotganida halokatga uchradimi?

Oliy sud Tomdi tuman sudi raisi vafoti yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentdagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

custom img

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

custom img

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda besh kunlik chaqaloqning 30-yil avvalgi o‘limi sudda tasdiqlandi.

custom img

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uchta maktabda bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo‘ldi, bir qator maktablarda esa bu ko‘rsatkich 80–90 foizni tashkil etdi.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda FVV xodimi 7 kishining hayotini qutqarib, o‘zi halok bo‘ldi

Yong‘in 15 avgust kuni “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.

custom img

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

YTHga avtomobil tezligining yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"