Jahon

AQShda Ilon Maskning obro‘si keskin pasaymoqda

So‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarning yarmi undan norozi.

AQShda Ilon Maskning obro‘si keskin pasaymoqda

 

So‘nggi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask AQSh fuqarolari orasida tobora ommaviy qo‘llab-quvvatlovdan mahrum bo‘lmoqda. Nate Silver boshchiligidagi Silver Bulletin statistik nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, amerikaliklarning 53,5 foizi Ilon Mask haqida salbiy fikrda, ijobiy munosabat bildirganlar esa 39,6 foizni tashkil etmoqda.

 

2024-yil boshida u haqda salbiy fikr bildirganlar atigi 38 foiz edi. Biroq keyingi oylar davomida bu ko‘rsatkich keskin oshdi. Bunga sabab sifatida Maskning AQSh prezidenti Donald Trampning ikkinchi prezidentlik kampaniyasini faol qo‘llab-quvvatlagani, hatto saylovchilarni pul bilan rag‘batlantirgani, shuningdek, Department of Government Efficiency (DOGE) nomli yangi hukumat agentligi orqali ko‘plab federal idoralarda qisqartirishlar amalga oshirgani ko‘rsatilmoqda.

 

DOGE agentligi orqali Mask va uning hamkorlari AQSh Moliya vazirligi, Ichki daromadlar xizmati (IRS) va Ijtimoiy ta’minot ma’muriyati kabi muhim tizimlarga kirishga uringan.

 

Maskning mashhurlik reytingi pasaygani Fox News, Politico va Axios kabi yirik ommaviy axborot vositalari tomonidan ham qayd etilgan.

 

Bunday noxush kayfiyat siyosiy natijalarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Viskonsin shtatida Mask konservativ Oliy sud nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun yana pul evaziga ovoz to‘plash usulidan foydalandi. Ammo so‘rovlar natijasiga ko‘ra, shtat saylovchilarining yarmi bu aralashuvdan norozi bo‘lgan va har uchinchi saylovchi aynan shu sababli konservativ nomzodga ovoz bermasligini bildirgan.

 

Natijada Viskonsin shtatidagi saylovda demokratlar qo‘llab-quvvatlagan nomzod Syuzen Krouford g‘alaba qozondi. U raqibini 10 foizlik farq bilan ortda qoldirdi. Shu tariqa, Viskonsin Oliy sudidagi liberal qanot 4–3 hisobidagi ustunlikni saqlab qoldi.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.