Jahon

Xitoyning yangi kosmik missiyasi amalga oshirildi

Xitoy bir vaqtning o'zida olti sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi.

Xitoyning yangi kosmik missiyasi amalga oshirildi

 

Xitoy aerokosmik sohasida yana bir yirik muvaffaqiyatga erishdi: mamlakat bir vaqtning o‘zida oltita “Shiyan-27” sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiyalar korporatsiyasi (CASC) rasmiy bayonot berdi.

 

Mazkur sun’iy yo‘ldoshlar 13-aprel, shanba kuni ertalab Pekin vaqti bilan soat 06:51 da Shansi provinsiyasidagi Tayyuan kosmik markazidan uchirilgan. Uchirishda “Changzheng-6A” (CZ-6A) rusumidagi raketadan foydalanildi. Bu raketa Xitoyning mashhur Long March seriyasiga mansub bo‘lib, ularning 570-marta parvozidir.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Shiyan-27” yo‘ldoshlari quyosh bilan sinxron orbitaga (500 km balandlikda) chiqarilgan bo‘lib, ular koinot muhitini o‘rganish, tajriba asosidagi texnologik testlar o‘tkazish va kelajakdagi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

 

50 metr uzunlikdagi CZ-6A raketasi ekologik toza yoqilg‘ida – kerosin va suyuq kislorod aralashmasida ishlaydi. Bu raketa Shanxay kosmik parvoz texnologiyalari akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, to‘rtta qattiq yoqilg‘i kuchaytirgich bilan jihozlangan va 6,5 tonnagacha bo‘lgan foydali yukni orbitaga olib chiqish quvvatiga ega.

 

Bu muvaffaqiyat Xitoyning global kosmik poygalardagi o‘rnini yanada mustahkamlash barobarida, ilmiy tadqiqotlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoyning yangi kosmik missiyasi amalga oshirildi | Zamon.uz