Jahon

Papaning dafn marosimiga dunyo yetakchilari tashrif buyuradi

Marosimda 50 nafar davlat rahbari ishtirok etishi kutilmoqda.

Papaning dafn marosimiga dunyo yetakchilari tashrif buyuradi

 

Vatikanda joriy yilning 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Papa Fransiskning dafn marosimiga dunyo bo‘ylab yirik siyosiy va qirollik arboblarining tashrifi kutilmoqda. Vatikan ma’muriyatining xabariga ko‘ra, marosimda 50 nafar davlat rahbari hamda 10 nafar monarx ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Umumiy hisobda, ushbu muhim marosim vaqtida Vatikan hududida kamida 130 ta xorijiy delegatsiya bo‘lishi kutilmoqda.

 

Ishtirokchilar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva, Argentina prezidenti Xavyer Milei, Britaniya valiahd shahzodasi Uilyam, Ispaniya qiroli Filipp VI, shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kabi yetakchilar bor.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu darajadagi tashriflar oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Rim va Vatikan ustida 24 soatlik uchish taqiqi joriy qilingan, Muqaddas Pyotr maydoniga olib boruvchi Via della Konchilatsione ko‘chasidagi binolar tomlarida snayperlar joylashtirilgan.

 

“Biz maksimal jangovar tayyorgarlik holatida turibmiz. Oldimizdagi kunlar nihoyatda murakkab va mas’uliyatli bo‘ladi,” – deydi Shveytsariya gvardiyasining harbiy xodimi.

 

Eslatib o‘tamiz, Papa Fransisk 2025-yil 21-aprel kuni, 88 yoshida vafot etgan edi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Papaning dafn marosimiga dunyo yetakchilari tashrif buyuradi | Zamon.uz