Siyosat

G‘arb davlatlari Isroilga keskin ogohlantirish berdi

Mavjud qamal G‘azoda ocharchilikka sabab bo'lmoqda.

G‘arb davlatlari Isroilga keskin ogohlantirish berdi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilning G‘azo sektorida olib borayotgan harbiy harakatlari va insonparvarlik yordamining yetkazilishiga qo‘yilgan cheklovlar bois jiddiy choralar ko‘rish bilan tahdid qildi. “Biz doimo Isroilning o‘z fuqarolarini terrorizmga qarshi himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlab kelganmiz, biroq hozirgi holat nomutanosiblikka aylanib bormoqda”, deyiladi uch davlatning qo‘shma bayonotida.

 

Ushbu bayonot Isroil armiyasining 16 may kuni boshlagan “Gideon aravalari” nomli yangi harbiy operatsiyasi va Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning G‘azo sektorini to‘liq nazoratga olish rejasi ortidan e’lon qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu harakatlar G‘azodagi ocharchilik xavfini yanada kuchaytirmoqda. G‘arb mamlakatlari Isroil hukumatining insonparvarlik yordamini rad etishini xalqaro gumanitar huquq buzilishi sifatida baholamoqda.

 

Buyuk Britaniya hukumati zarur holatlarda maqsadli sanksiyalarni ham o‘z ichiga olgan choralarni qo‘llashga tayyorligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Isroil 2024 yilning mart oyidan boshlab G‘azo sektoriga dori-darmon, oziq-ovqat va yoqilg‘i olib kirilishini cheklab kelmoqda. Bungacha esa Isroil faqat insonparvarlik yordamini o‘tkazishga rozi bo‘lgan, AQSH, Qatar va Misr vositachiligidagi tinchlik sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.