Jahon

Rossiyada xodimlarga charchoq sababli pullik ta’til berilishi mumkin

Mutaxassislar charchoqni kasallik sifatida tan olish va ta’til bilan bartaraf etishni taklif qilishmoqda.

Rossiyada xodimlarga charchoq sababli pullik ta’til berilishi mumkin

 

Rossiya korxonalari xodimlari yaqin orada charchashga qarshi qo‘shimcha pullik ta’til olish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Zamonaviy siyosat muammolarini o‘rganish instituti direktori Anton Orlov mehnat vaziri Anton Kotyakov nomiga yo‘llagan murojaatda ayni shu tashabbusni ilgari surdi.

 

Orlov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-yilda charchashni rasmiy ravishda kasallik sifatida tan olganini eslatdi. Biroq Rossiyada hozircha bu holat xalqaro kasalliklar tasnifi — ICD-10’da mavjud emas. Mutaxassis fikricha, ayniqsa sog‘liqni saqlash muassasalari, xospislar, qariyalar uylari va it bilan ishlovchi soha xodimlari yuqori xavf guruhiga kiradi.

 

Orlov charchoq holatini tibbiy yo‘l bilan tasdiqlagan fuqarolarga yillik asosda ettigacha kalendar kun davom etadigan qo‘shimcha pullik ta’til taqdim etishni taklif qilmoqda. Bu taklif mehnat qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

 

Avvalroq Rossiyadagi ayrim kompaniyalar xodimlar charchoqlarini kamaytirish maqsadida maxsus dasturlarni amaliyotga joriy eta boshlagandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada xodimlarga charchoq sababli pullik ta’til berilishi mumkin | Zamon.uz