Jahon

AQShning yirik shaharlari suv ostida qolishi mumkin

Texasda yer sathining keskin cho‘kishi qayd etildi.

AQShning yirik shaharlari suv ostida qolishi mumkin

 

Virginia Tech kompaniyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, AQShdagi 28 ta yirik shahar asta-sekin cho‘kmoqda va yaqin kelajakda ularning suv ostida qolish xavfi mavjud.

 

Hisobotda ta’kidlanishicha, cho‘kish jarayoni ayniqsa Texas shtatida xavotirli ko‘lamga yetgan. Hududning 42 foizi yiliga 5 millimetrdan ortiq tezlikda cho‘kmoqda — bu eng yuqori darajadagi xavf belgisi hisoblanadi.

 

Dallas, Fort-Uort, Chikago, Nyu-York, Detroyt, Denver va Indianapolis kabi boshqa yirik shaharlarda ham shunga o‘xshash holatlar aniqlanib, tuproq cho‘kishi darajasi oshib borayotgani kuzatilmoqda.

 

Tadqiqotchilar ushbu hodisaning asosiy sabablari sifatida yer osti suvlarining haddan tashqari tortib olinishi, shahar infratuzilmasining og‘irligi va iqlim o‘zgarishini ko‘rsatishmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQShning yirik shaharlari suv ostida qolishi mumkin | Zamon.uz