YouTube reklama bloklovchilarga qarshi choralarni kuchaytirdi
Platforma bu orqali reklama daromadlarini saqlab qolmoqchi.

YouTube reklama bloklash vositalaridan foydalanadigan foydalanuvchilarga nisbatan qattiqroq choralar qo‘llamoqda.
Endilikda bunday foydalanuvchilar YouTube’dan foydalanishda jiddiy cheklovlarga duch kelmoqda. Ayrim holatlarda, videoni tomosha qilish uchun reklama bloklovchini o‘chirish haqida ogohlantirishlar chiqmoqda.
Ba’zi foydalanuvchilar esa butunlay bo‘sh sahifa bilan to‘qnashmoqda. Bloklovchi o‘chirilmaguncha videolarni ko‘rishning iloji yo‘q. YouTube ushbu siyosati orqali o‘z reklama daromadlarini himoya qilishni maqsad qilgan.







