O'zbekiston

Sharq tarixining bebaho durdonasi O‘zbekistonga qaytariladi

Islom sivilizatsiyasi markazi AQSHda saqlanayotgan Hofizi Abruning nodir asarini qaytarish harakatida.

Sharq tarixining bebaho durdonasi O‘zbekistonga qaytariladi

 

O‘z davrida tarixchilar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan, Eron va Turon hududlari, arab xalifaligi, somoniylar, saljuqiylar va g‘aznaviylar singari davlatlar tarixi chuqur tahlil etilgan sharq adabiy merosining bir nodir qo‘lyozma nusxasi ayni paytda AQSHning Los-Anjeles shahridagi Davlat Sanʼat muzeyida saqlanmoqda. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ayni paytda ushbu noyob manbani yurtga qaytarish harakatida...

 

    Bu noyob manba mashhur tarixchi Hofizi Abru (1360–1431) tomonidan yozilgan “Majmaʼ ut-tavorix” asarining qo‘lyozma nusxasidir. Mazkur asarning bir nodir qo‘lyozma nusxasi hozirgi kunda AQSHning Los Anjeles shahrida joylashgan Davlat Sanʼat muzeyida, Nasli M. Heeramaneck kolleksiyasida saqlanmoqda. Bu nusxa 1425-yilda, Hirotda yaratilgan bo‘lib, o‘sha davrdagi ilmiy va sanʼat darajasini aks ettiradi.

 

    Islom tarixi va Markaziy Osiyo hududidagi davriy voqealarni o‘rganishda muhim manba hisoblangan bu asar taxminan 1414-yili tugallangan. “Majmaʼ ut-tavorix” asari temuriylar davrining ilmiy va maʼnaviy hayotining yorqin namunasi sifatida eʼtirof etiladi.

 

    Hofizi Abru asari to‘rt qismdan iborat bo‘lib, uning mazmuni islom olami va mintaqaviy davlatlar tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Asarda Eron va Turon hududlari, arab xalifaligi, somoniylar, saljuqiylar va g‘aznaviylar singari davlatlar tarixi chuqur tahlil etilgan. Xususan, Amir Temur va temuriylar sulolasi davridagi muhim voqealarga alohida eʼtibor qaratilgani asarning ahamiyatini yana-da oshiradi.

 

    “Majmaʼ ut-tavorix” nafaqat o‘z davridagi, balki keyingi tarixchilar uchun ham ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlaʼus-saʼdayn” va Mirxondning “Ravzatus-safo” kabi mashhur tarixiy manbalar aynan Hofizi Abru asaridan ilhomlangan holda yaratilgan.

 

    Ushbu asarning bir sahifasi Londonda o‘tkazilgan auksion savdolari orqali O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasiga keltirilishi kutilmoqda.

 

Hofizi Abro‘ – Temuriylar davrining mashhur tarixchisi va geografi

 

    Hofizi Abru, to‘liq ismi Shahobuddin Abdulloh ibn Lutfilloh ibn Abdurrashid al-Havofiy, 1361/62-yili Hirotda tug‘ilib, 1430-yili Zanjonda vafot etgan mashhur tarixchi va geograf hisoblanadi. U Amir Temur va uning o‘g‘li Shohrux saroylarida tarixnavis sifatida faoliyat yuritgan.

 

    Hofizi Abruning asarlari orasida “Zayli Zafarnomai Shomiy”, “Zayli Jomiʼ ut-tavorix”, “Tarixi Hofizi Abru”, “Majmua at-tavorixi sultoniya” va “Zubdat ut-tavorixi Boysunquriy” kabi tarixiy va tarixiy-geografik asarlar bor.

 

    “Zayli Zafarnomai Shomiy” asari Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”siga ilova sifatida yozilgan bo‘lib, 1405-yilgacha bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘z ichiga oladi. “Zayli Jomiʼ ut-tavorix” esa Rashiduddin Fazlullohning mashhur “Jomiʼ ut-tavorix” asarining davomi bo‘lib, Eronning 1304–1370-yillar oralig‘idagi tarixini bayon etadi.

 

Hofizi Abruning shoh asari

 

    “Tarixi Hofizi Abru” nomli tarixiy-geografik asari dunyoning doira shaklidagi xaritasi bilan ajralib turadi. U yerda gradus to‘ri chizilgan bo‘lib, geograflar ushbu asarni Hofizi Abruning shoh asari deb hisoblaydilar. Bu asarda yer yuzidagi suvlar, tog‘-toshlar, mamlakatlar va ulardagi shahar-qishloqlar, shuningdek Fors, Kermon, Xurosonning batafsil geografiyasi va tarixi, Movarounnahrning geografik xususiyatlari bayon etilgan. Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshab, Termiz kabi shaharlar hamda Jayhun, Sayhun, Murg‘ob va boshqa daryolar, mamlakatlar va viloyatlarning kenglik va uzunliklari ko‘rsatilgan, shuningdek, masofalar va maydonlarni izohlovchi farsang, oylik yo‘l va kunlik yo‘l kabi birliklar berilgan.

 

    1423-1427-yillarda yozilgan “Majmua” (yaʼni “To‘plam”) asari Shohrux saltanati tarixini 1417-yilgi voqealar bilan yakunlaydi. Uning to‘rtinchi jildi bo‘lgan “Zubdat ut-tavorixi Boysunquriy”da tarixiy voqealar 1417-yilgacha yetkazilgan. Hofizi Abruning asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy maʼlumotlar, bizgacha yetib kelmagan boshqa asarlardan parchalar hamda muallifning o‘z davriga oid xabarlari keng joy olgan.

 

    Shuningdek, Hofizi Abruning qo‘lyozma asarlari Sankt-Peterburg, Oksford va Toshkentning yirik kutubxonalarida saqlanadi.

 

Durdona RASULOVA

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sharq tarixining bebaho durdonasi O‘zbekistonga qaytariladi | Zamon.uz