Rossiyada Bluetooth orqali to‘lov tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
Loyiha Moskva va Qozonda test rejimida ishga tushirilgan.

VTB kompaniyasi “To‘lqin” nomli yangi to‘lov xizmatini sinovdan o‘tkaza boshladi. Ushbu texnologiya Bluetooth orqali smartfondan to‘lov qilishga imkon beradi va hozircha Moskva, Moskva viloyati hamda Qozonda test rejimida ishga tushirilgan.
U NFC asosidagi Apple/Google Pay’ga o‘xshash, biroq to‘lov masofasi kengroq. “Mira” va SBP ishlab chiqargan tizim bank ilovalari orqali ishlaydi, iOS versiyasi ham bo‘ladi. Yuzlab savdo nuqtalarida mos terminallar o‘rnatilgan.







