O'zbekiston

“Xalq nazorati” portali butun mamlakat bo‘ylab ishga tushiriladi

Portalga surat yoki video orqali murojaat qilish mumkun.

“Xalq nazorati” portali butun mamlakat bo‘ylab ishga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkentda sinovdan o‘tgan “Xalq nazorati” portalini bir oy ichida butun respublika miqyosida joriy etishni topshirdi.

 

Ushbu elektron platforma fuqarolarga qurilish, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar kabi muammolar yuzasidan mobil ilova orqali surat yoki video bilan bevosita murojaat qilish imkonini beradi. Murojaatlar avtomatik tarzda tegishli tashkilotlarga yo‘naltiriladi, har bir ariza uchun aniq javob muddati belgilanadi.

 

“Xalq nazorati” barcha vazirliklar, idoralar va hokimliklarni yagona tizimga bog‘lab, muammolarga tezkor javob berilishini ta’minlaydi. Murojaatlarning bajarilish holati portalda ochiq e’lon qilinadi, bu esa jamoatchilikka hokimlar va mutasaddilar faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi.

 

Mazkur tizim dastlab 2020-yil may oyida ishga tushirilgan bo‘lib, endilikda u respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"