Jahon

Boltiq dengizida “uchuvchi kemalar” paydo bo‘ldi

Bu hodisa optik illyuziya ekani aytilmoqda.

Boltiq dengizida “uchuvchi kemalar” paydo bo‘ldi

Kaliningrad viloyati qirg‘oqlarida joylashgan Boltiq dengizida odamlar suv ustida “uchayotgandek” ko‘ringan kemalarni ko'rishgan. Ushbu g‘ayrioddiy manzara “Mash” Telegram kanalida e’lon qilingan fotosuratlar orqali tarqaldi.

 

Kemalar suv yuzasida emas, xuddi havoda harakatlanayotgandek ko‘ringani ko‘pchilikni hayratga soldi. Biroq mutaxassislarning aytishicha, bu hodisa aslida optik illyuziya — ya’ni ko‘z aldovidir.

 

 

 

 

Bunday illyuziya sovuq va iliq havo qatlamlari to‘qnashganda yorug‘likning sinishi natijasida yuzaga keladi. Bu holat uzoqda joylashgan ob'ektlarning joylashuvini noto‘g‘ri ko‘rsatadi.

 

Natijada, kemalar suvdan uzilgan, go‘yoki havoda suzayotgan holatda ko‘rinadi. Bu tabiiy, ammo noyob hodisa qirg‘oqdagilarning e’tiborini tortgan.

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgan Rossiya prezidentini Dushanbe hibsga olmadi. Buning ortidan Tojikiston Rim statutidan chiqish haqida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi.

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.