Los-Anjelesda komendantlik soati bekor qilindi
Los-Anjeles markazida hayot yana odatiy rejimga qaytdi.

Los-Anjeles meri Karen Bass shaharning markaziy hududlarida ilgari joriy etilgan komendantlik soati bekor qilinganini e’lon qildi. Bu chora 11-iyun kuni norozilik namoyishlari tufayli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kiritilgan edi.
Merning aytishicha, hozirda vaziyat nazorat ostida, shuning uchun bu cheklovlar olib tashlangan. U bu haqda o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan:
“Bugundan boshlab men Los-Anjelesdagi Downtown komendantlik soatini bekor qilyapman”, — deya yozdi Karen Bass.
Shu bilan birga, zarurat tug‘ilsa, shahar rasmiylari komendantlik soatini yana joriy qilishga tayyor ekanliklarini ham bildirishdi.







