Jahon

AQSHda an’anaviy OAVga ishonch so‘nmoqda

Aholining 70% yangiliklarda rost-yolg‘onni ajrata olmasligini bildirgan.

AQSHda an’anaviy OAVga ishonch so‘nmoqda

Reuters Institute hisobotiga ko‘ra, amerikaliklar tobora yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar, videoservislar va podkastlar orqali olishni afzal ko‘rmoqda. Televideniye va matbuot auditoriyasi kamaymoqda, ayniqsa yoshlar orasida.

 

35 yoshgacha bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi ijtimoiy tarmoqlarni asosiy axborot manbasi deb biladi. Tramp inaugurasiyasidan so‘ng har beshinchi amerikalik yangilikni podkast orqali olgan. Jo Rogan, Taker Karlson, Ben Shapiro va Kendis Ouens kabi shaxslar axborot maydonida yetakchilik qilmoqda.

 

Biroq, aynan bloger va siyosatchilar dezinformatsiyaning asosiy manbasi sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt xizmatlari ham axborot olish vositasi sifatida o‘sib bormoqda. 25 yoshgacha bo‘lganlarning 15% ChatGPT, Gemini yoki Meta AI orqali har hafta yangilik olishini tan olgan.

 

An’anaviy OAV auditoriyasi qarimoqda, ijtimoiy platformalar esa asosiy axborot maydoniga aylanmoqda.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"