Jahon

AQSHda bemor massajdan so‘ng falaj bo‘lib qoldi

AQShlik erkak insultdan keyin faqat ko‘zlarini harakatlantira oladi.

AQSHda bemor massajdan so‘ng falaj bo‘lib qoldi

 

AQShning Jorjiya shtatida yashovchi 34 yoshli Jonatan ismli erkak bo‘yin og‘rig‘ini kamaytirish maqsadida massaj (chiropraktik) muolajasiga murojaat qilgan. Ammo muolaja uning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi — u muolaja davomida og‘ir insultga uchrab, to‘liq falaj bo‘lib qoldi.

 

Ma'lum qilinishicha, Jonatan protsedura chog‘ida to‘satdan o‘zini yomon his qila boshlagan — boshi aylangan, so‘ngra hushyor bo‘lishiga qaramay, atrofdagilarning savollariga javob bera olmay qolgan. U zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan, biroq insult darhol aniqlanmagan.

 

Tibbiy xatoliklar va kechiktirilgan tashxis natijasida bemor “locked-in syndrome” — ya’ni ongli holda to‘liq falaj holatiga tushib qolgan. Hozirda u faqat ko‘z harakati orqali muloqot qila oladi.

 

Jonatanning oilasi chiropraktor, shifoxona va muolajada ishtirok etgan bir necha shifokorni sudga bergan. Sud qaroriga ko‘ra, ikki shifokor kasbiy ehtiyotsizlikda aybdor deb topilgan va Jonatanning foydasiga 75 million dollarlik tovon puli undirilgan.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.