Britaniya Arktikani qayta muzlatmoqchi
Mavjud muz qatlamini qalinlashtirish maqsad qilingan.

Buyuk Britaniya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tadqiqot guruhi Arktika muzlarini saqlab qolish va qalinlashtirish bo‘yicha ilg‘or rejani sinovdan o‘tkazishga kirishmoqda. Dastur doirasida minglab kichik robotlarni joylashtirish orqali qutbdagi dengiz muzini qayta muzlatish imkoniyati o‘rganiladi.
Olimlar tomonidan taklif etilgan rejaga ko‘ra, ushbu robotlar suv yuzasidan muz hosil qilishga yordam beradi — ular suvni muz ustiga chiqarib, u yerda uni muzlatib, mavjud muz qatlamini qalinlashtirishi kerak. Bu esa Arktika muzlarini iqlim o‘zgarishidan saqlash va global isish ta’sirini kamaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Dala sinovlari yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda. Tajriba dastlab cheklangan hududda o‘tkaziladi, undan keyin esa undan kengroq miqyosga kengaytirilishi mumkin.
Mutaxassislarning aytishicha, agar loyiha muvaffaqiyatli bo‘lsa, bu insoniyatning Arktikadagi muz qatlamini faol tarzda saqlash borasidagi ilk katta amaliy qadami bo‘ladi. Biroq, tashabbus global ekologik va siyosiy bahs-munozaralarni ham yuzaga keltirishi mumkin.







