Jahon

Rossiya hujumida Kiyevda 5 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Ukraina rasmiylari xabar bergan.

Rossiya hujumida Kiyevda 5 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning 22 iyun kechasi va 23 iyun tongida uyushtirgan havo hujumlari oqibatida Kiyev va uning atrofida kamida 5 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, bir necha kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati va shahar hokimiyati xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlarda dronlar va qanotli raketalar qo‘llanilgan. Shevchenkivskiy tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilishi natijasida 4 kishi halok bo‘lgan, kamida 10 nafar fuqaro yaralangan.

 

Portlashlar oqibatida ko‘plab uylar, metropoliten kirish joylari, avtomobillar va boshqa infratuzilma obyektlari jiddiy zarar ko‘rgan. Mahalliy hokimiyat bu hujumni tinch aholiga va fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan agressiv harakat sifatida baholadi.

 

Xalqaro hamjamiyat ushbu voqea yuzasidan rasmiy bayonotlar e’lon qilib, Rossiyaning bu kabi hujumlarini keskin qoraladi.

 

                                                                                                                                                   Sevinch Boyqobilova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya hujumida Kiyevda 5 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz