Jahon

Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi

Portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.

Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi

2025-yil 22-iyun kuni Suriya poytaxti Damashqda joylashgan Mar Elias nomli pravoslav cherkovda xudkush terrorchi hujumi sodir etildi. Bu haqda SANA va Reuters agentliklari xabar bermoqda.

 

Suriya Ichki ishlar vazirligining rasmiy bayonotiga ko‘ra, hujumchi “IShID” terrorchi guruhiga aloqador bo‘lgan. U cherkovga kirib, avval avtomatdan o‘t ochgan, so‘ngra o‘zini portlatgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida tinch aholidan kamida 9 kishi halok bo‘lgan va 13 kishi yaralangan. Ammo ayrim mahalliy manbalar qurbonlar soni 20 dan oshganini bildirgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa jarohatlanganlar sonini 53 deb ko‘rsatmoqda.

 

Ma’lumot uchun, bu hujum Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyingi davrda Damashqda ro‘y bergan ilk xudkush terakti sifatida qayd etilmoqda. Hozirda voqea joyida tergov ishlari davom etmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi | Zamon.uz