O'zbekiston

Uy sotib olayotganlar uchun muhim eslatma

Uy-joy qurilishida eskrou hisobi tizimi joriy etilishi sohada qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?

Uy sotib olayotganlar uchun muhim eslatma

 

2025-yil 1-iyuldan boshlab, Prezident farmoniga binoan O‘zbekistonda uy-joy qurilishida eskrou hisobi tizimi joriy etiladi. (https://lex.uz/uz/docs/7353734) Bu tizimning maqsadi – xaridorlarni vijdonsiz quruvchilardan himoya qilish va bozorni tartibga solish. Biroq xalqaro tajriba va tahlillarga ko‘ra, bu islohot qurilish sektoriga ikki tomonlama taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

 

Eskrou – bu xaridor kvartira uchun pul to‘laydigan maxsus bank hisobi bo‘lib, quruvchi bu mablag‘ni faqat qurilish yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirilgach oladi. Bu tizim xaridor mablag‘ining xavfsizligini kafolatlaydi va quruvchilardan moliyaviy intizom talab qiladi.

 

Eskrou tizimi asosida xaridor tomonidan to‘langan pul bankda muzlatiladi va faqat qurilish to‘liq tugab, obyekt foydalanishga topshirilgach, ishlab chiquvchi ushbu mablag‘ga ega bo‘ladi. Bu amaliyot – ayniqsa, oxirgi yillarda qurilishi tugamagan yoki hujjatsiz binolar sabab aldangan fuqarolar holatidan so‘ng – real kafolat tizimi sifatida baholanmoqda.

 

Bundan tashqari, loyihani amalga oshirayotgan kompaniya endi o‘z faoliyatida moliyaviy intizomga rioya qilishi, hujjatlarni tartibga solishi, qurilishni rejalashtirilgan tarzda yakunlashi shart bo‘ladi. Bu esa bozorda “xavfli” va “yashirin” loyihalarning kamayishiga olib keladi.

 

Nazorat kuchayishi, risklar kamayishi, banklar uchun kafolatlarning kuchayishi – bular uzoq muddatda ipoteka bozorini barqarorlashtiradi. Natijada, isteʼmolchilar uchun moliyaviy qulayliklar yaratilishi mumkin. Shuningdek, tizim moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lmagan, ko‘p hollarda noqonuniy faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning bozorga kirishini to‘xtatadi. Bu esa pirovardida sifatli qurilish va ishonchli loyihalarni ko‘paytiradi.

 

Xulosa qilib aytganda, eskrou tizimi xavfsizlik va ishonch muhitini yaratadi, biroq shunda ham xaridorlar uyni ehtiyotkorlik bilan, ishonchli quruvchilar orqali sotib olishlari lozim. Rivojlanayotgan islohotga moslashish davrida eng katta tavsiya — shoshmasdan, lekin kechikmasdan to‘g‘ri qaror qabul qilishdir.

 

@davletovuz kanalidan olindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

“Toshshahartransxizmat” avtobusdagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Haydovchisi taqiqlovchi svetofor signaliga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan.

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘larini eskrou hisobvaraqlarida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi.

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

Narkotik vositalar ularga Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.