Jahon

Turkiyada ommaviy janjal vaqtida yigitni furgon bosib ketdi

Shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, og‘ir jarohatlar olgan qamoqxona qo'riqchisi hayotdan ko‘z yumgan.

Turkiyada ommaviy janjal vaqtida yigitni furgon bosib ketdi

Turkiyaning Mardin viloyatidagi Midyat tumanida yuz bergan dahshatli hodisa ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab bo‘ldi. Jumhuriyat bulvarida ikki guruh o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuv va pichoqbozlik vaqtida, qochib ketayotgan 42 yoshli qamoqxona qo‘riqchisi Faruk Akish muvozanatini yo‘qotib, yo‘lga qulab tushdi. Shu payt harakatlanayotgan mikroavtobus uni bosib ketgan. Bu haqda Turkiya OAV xabar bermoqda.

 

Voqea xavfsizlik kameralari tomonidan qayd etilgan. Videoyozuvda Faruk Akishning to‘satdan yiqilib, mikroavtobus g‘ildiraklari ostida qolib ketgani aniq ko‘rinadi. Shundan so‘ng darhol voqea joyiga tibbiy yordam ko‘rsatish brigadasi va politsiya yetib kelgan.

 

Akishga hodisa joyida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u Midyat davlat kasalxonasiga olib borilgan. Biroq shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, og‘ir jarohatlar olgan Akish hayotdan ko‘z yumgan. Otopsiyadan so‘ng marhumning jasadi dafn qilingan.

 

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, mushtlashuv tadbirkor va uning xodimlari o‘rtasida noma’lum sababga ko‘ra boshlangan. Politsiya voqeani har tomonlama tergov qilmoqda. Mikroavtobus haydovchisi hibsga olingan, transport vositasi va uning davlat raqami aniqlashtirilmoqda.

 

Rasmiylar ushbu hodisa yuzasidan keng qamrovli tergov boshlagan bo‘lib, aybdorlar javobgarlikka tortilishi ta’kidlanmoqda. Mardin aholisi orasida bu voqea keng muhokamaga sabab bo‘lgan, ayniqsa jamoat xavfsizligi va ommaviy voqealarda tartibni ta’minlash masalalari bo‘yicha savollar tug‘ilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada ommaviy janjal vaqtida yigitni furgon bosib ketdi | Zamon.uz