Jahon

Polsha 4 kunlik ish haftasiga o'tmoqda

Ish beruvchilar ish tartibini o‘zlari belgilash huquqiga ega bo‘ladi.

Polsha 4 kunlik ish haftasiga o'tmoqda

Polshada 2025-yil 30-iyundan boshlab ishchilarga to‘liq maosh saqlangan holda 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi. Bu sinov loyihasi ishchilarning hayot sifatini oshirish, ish va shaxsiy hayot muvozanatini tiklash hamda demografik inqirozni yengillashtirishga qaratilgan. Bu haqda UNN nashri xabar berdi.

 

Yangi tizim bir necha variantni taklif qiladi: xodimlar 4 kun ishlashga o‘tishlari, har kungi ish vaqtini 6 soatga qisqartirishlari yoki qo‘shimcha pullik ta’til olishlari mumkin. Ish beruvchilar ish tartibini o‘zlari belgilash huquqiga ega bo‘lib, istasa 5 kunlik ish haftasini saqlagan holda ortiqcha ishlagan kunlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari taqdim etishlari mumkin.

 

Islohotlarni qulay tarzda joriy qilish uchun korxonalar va davlat muassasalariga 1 million dollargacha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Hukumat bu tashabbusni demografik o‘sishni rag‘batlantirish strategiyasining bir qismi sifatida ko‘radi. Mehnat bozorida faollik yuqori bo‘lgan Polshada haddan ortiq ish yuklamasi oilaviy hayot va tug‘ilish ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, 2025-yil holatiga ko‘ra, bir qancha davlatlar 4 kunlik ish haftasini sinovdan o‘tkazgan yoki qisman joriy qilgan. Islandiya 2015–2019-yillarda sinov o‘tkazib, uni muvaffaqiyatli deb topdi va hozir ko‘pchilik xodimlar shu tartibda ishlamoqda. Ispaniya 2021-yilda hukumat ko‘magida kichik bizneslar ishtirokida tajriba boshlagan. Buyuk Britaniyada 2022-yilda o‘tkazilgan yirik sinovda 92% kompaniyalar 4 kunlik ish haftasini davom ettirishga qaror qilgan. Belgiya 2022-yilda xodimlarga 4 kunlik ish jadvalini tanlash huquqini bergan. Yaponiyada Microsoft Japan kompaniyasi samaradorlikni 40% oshirganini bildirgan. Yangi Zelandiyada “Perpetual Guardian” kompaniyasi bu tizimni muvaffaqiyatli joriy qilgan. Avstraliya, Kanada va Germaniyada esa bir nechta kompaniyalar sinov asosida bu amaliyotni qo‘llagan. Bu tajriba odatda ish soatlarining kamayishi yoki bir xil ish haqini saqlagan holda kamroq ish kunlarida ishlashni nazarda tutadi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.