O'zbekiston

Qozon va Samaradagi jinoyatlarga o‘zbeklarning aloqasi bormi?

O‘zbekistonning Qozondagi konsulxonasi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga aniqlik kiritdi.

Qozon va Samaradagi jinoyatlarga o‘zbeklarning aloqasi bormi?

 

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “O‘zbekiston fuqarolari turli jinoyatlarda ayblanmoqda” degan ma’lumotlarni rasmiy tekshiruv orqali o‘rganib chiqdi.

 

Konsulxona bergan bayonotga ko‘ra, ular o‘z konsullik okrugidagi holatlarni monitoring qilib, har bir foydalanuvchi ishiga aniqlik kiritish, kerak bo‘lganda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda.

 

Rossiya Federatsiyasining vakolatli tuzilmalaridan olingan rasmiy javoblar hamda bosh konsulxonaning so‘rovnomalari asosida aniqlanishicha, Tatariston Respublikasida (Qozon hamda atrofidagi hududlar) hamda Samara viloyatida ro‘y bergan jinoyatlar uchun O‘zbekiston fuqarolarining ishtiroki tasdiqlanmagan. Shu sababli, ijtimoiy tarmoqlardagi ularga aloqadorlik haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.

 

Konsulxona bayonotida ta’kidlanishicha, barcha aniqlik kiritilgan holatlar yuzasidan yuzaga kelgan noto‘g‘ri ma’lumotlar bartaraf etilgan, yolg‘on xabarlarga asos bo‘lgan holatlar bekor qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qozon va Samaradagi jinoyatlarga o‘zbeklarning aloqasi bormi? | Zamon.uz