O'zbekiston

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati fosh bo‘ldi

Ular kelgusida terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishni niyat qilishgan.

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati fosh bo‘ldi

Andijonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, jamoat yetakchisi — Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan U.A. o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tashkil etgan holda turli choyxonalarda to‘planib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga  qo‘shilishni niyat qilishgan. Shuningdek, o‘zaro “Baytulmol” ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, o‘z tarafdorlariga berib kelishgan.

 

“Jamoat aʼzolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida turli diniy ekstremistik adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olindi. Mazkur holat yuzasidan  Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 

 

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Suriyadagi terrorchilarga pul jo‘natib, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotganlar ushlangandi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"