O'zbekiston

Butunlay yopilgan shahar, kelin uchun 27 ta libos, mashhur mehmonlar va hayratlanarli taklifnoma… “Asr to’yi” bo’lgan Jeff Bezos va Loren Sanchesning Venetsiyadagi dabdabali to’yidan eksklyuziv kadrlar (foto va video)

Marosimga kelgan 250 mehmon uchun 90 ta shaxsiy samolyot va 30 ga yaqin elita suv taksilari band qilingan.

Butunlay yopilgan shahar, kelin uchun 27 ta libos, mashhur mehmonlar va hayratlanarli taklifnoma… “Asr to’yi” bo’lgan Jeff Bezos va Loren Sanchesning Venetsiyadagi dabdabali to’yidan eksklyuziv kadrlar (foto va video)

Amazon asoschisi Jeff Bezos va jurnalist Loren Sanchesning uch kunlik to‘yi 26–28 iyun kunlari Venetsiyada bo‘lib o‘tdi. Yirik tadbir “asr to‘yi” deb e’lon qilindi. To‘y sababli shahar deyarli yopildi, sayyohlar mehmonxonalardan chiqarildi.

 

 

 

Bezos ikki yuzdan ortiq mehmon uchun hashamatli mehmonxonalarni ijaraga oldi. Ular orasida Aman Venice mehmonxonasi ham bor edi. Mehmonlar orasida Ivanka Tramp, Kardashianlar oilasi va boshqa mashhur shaxslar qatnashdi.

 

 

 

To‘y xavfsizligi kuchaytirildi: mehmonxona yo‘laklari va jihozlar qat’iy nazorat ostida bo‘ldi. Mahalliy aholi norozilik bildirdi, ba’zilari marosimni buzmoqchi bo‘ldi.

 

 

 

Taklifnoma ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga aylandi — unda kursiv yozuvlar, kapalaklar va gondolalar tasvirlangan. Sovg‘alar o‘rniga YUNESKOga xayriya qilish so‘ralgan.

 

 

 

To‘y menyusida fransuz qandolatchisi Sedrik Grolening shirinliklari bo‘ldi. U mevali tortlari bilan tanilgan va Instagram’da 13 milliondan ortiq obunachiga ega.

 

 

 

Moda uyi Dolce & Gabbana Loren Sanches uchun 27 ta libos tayyorladi. Mish-mishlarga ko‘ra, u marosim davomida ularning barchasini almashtirib kiygan.

 

 

 

 

 

To‘y byudjeti 40–48 million yevroni tashkil etdi. 250 nafar mehmon uchun 90 ta shaxsiy samolyot va 30 ga yaqin elita suv taksilari band qilindi. Asosiy marosim Venetsiya Arsenalida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"