O'zbekiston

Endi sirtqi taʼlim bekor qilindi

Qaror taʼlim sifatining yetarli darajada taʼminlanmagani sababli qabul qilingan.

Endi sirtqi taʼlim bekor qilindi

O‘zbekistonda sirtqi taʼlim shakli rasman tugatildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu qaror taʼlim sifatining yetarli darajada taʼminlanmagani sababli qabul qilingan.

 

“Ko‘pchilik sirtqida o‘qiyotgan talabalarning asosiy muammosi — ish bilan bandlik va darslarga qatnasha olmaslik. Shu sababli taʼlim sifati susaymoqda. Buni yashirishning hojati yo‘q”, dedi vazir. Endilikda yangi o‘quv yilidan boshlab sirtqi shaklga qabul to‘xtatiladi.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, sirtqining o‘rnini masofaviy va uzaytirilgan taʼlim shakllari egallaydi. Masofaviy taʼlimda qat’iy nazorat joriy etiladi — har bir talaba kompyuter orqali darsga kiradi, imtihon paytida esa insonga emas, tizimga taalluqli qoidalar amal qiladi. “O‘rniga kirmoqchi bo‘lganlar yoki ‘shpargalka’ ishlatmoqchi bo‘lsalar, tizim ularni avtomatik ravishda bloklaydi”, — dedi Sharipov.

 

Shu bilan birga, hozirda sirtqida tahsil olayotgan talabalar o‘qishni belgilangan tartibda davom ettiradilar. Ular amaldagi o‘quv dasturlar asosida diplom olish imkoniyatiga ega bo‘lib, ushbu diplomlar boshqa taʼlim shakllari bilan teng huquqli hisoblanadi. Vazir, shuningdek, yangi tizim xalqaro tajribaga asoslanganini, xorijlik professorlar jalb etilayotganini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi sirtqi taʼlim bekor qilindi | Zamon.uz