Jahon

Anomal issiqlik sababli Fransiyada maktablar yopilmoqda

Ekstremal jazirama tufayli Fransiyada mingdan ortiq maktab vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi.

Anomal issiqlik sababli Fransiyada maktablar yopilmoqda

 

Fransiyada davom etayotgan ekstremal issiq havo tufayli 1350 ga yaqin maktab o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari xabar bergan.

 

Ta’kidlanishicha, ayrim ta’lim muassasalari to‘liq, boshqalari esa qisman yopilgan bo‘lib, bu choralar bir kunlik vaqtga mo‘ljallangan. Yopilishlar mamlakat bo‘ylab anomal harorat ko‘tarilishi bilan izohlanmoqda.

 

Fransiyaning rasmiy Meteor-France agentligi 16 ta departamentda, jumladan, Parijda eng yuqori — qizil xavf darajasini e’lon qilgan. Yana 68 ta departamentda esa apelsin (oranjeviy) xavf darajasi kuchda qolmoqda.

 

Mutaxassislar bugun havo harorati 20°C dan 41°C gacha ko‘tarilishi mumkinligini bildirgan. Issiqlik to‘lqini tufayli avvalgi kuni ham 750 ga yaqin maktab faoliyatini to‘xtatgan edi.

 

Rasmiylar bu harorat o‘quvchilar va o‘qituvchilar salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishini hisobga olib, maktablarni yopish chorasi eng to‘g‘ri qaror ekanini ta’kidlamoqda.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"