Sirdaryoda Lacetti va yuk mashinasi avariyaga uchradi
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 19 iyun kuni tonggi soat 5:40 larda Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lida yuz bergan. Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib to‘qnashgan.
Natijada ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Yutong rusumli transport vositasi Lacetti rusumli avtomobilga borib to‘qnashadi.
YTH oqibatida Lacetti‘da yo‘lovchi sifatida harakatlanib kelayotgan 1 nafar yo‘lovchi tan jarohatlar olib, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda







