O'zbekiston

Farg‘onada chiqindi uchun 2 mlrd so‘m asossiz pul undirildi

Hozirda ushbu mablag‘larni isteʼmolchilarga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Farg‘onada chiqindi uchun 2 mlrd so‘m asossiz pul undirildi

Joriy yilda Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga chiqindi tashish xizmati bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab norozilik murojaatlari kelib tushganligi sababli chiqindi xizmatlaridan undirilgan jami 2 mlrd so‘mni qaytarish choralari ko‘rilayotgani maʼlum qilindi.

 

Farg‘ona viloyatining Quva tumanidan tushgan o‘ndan ortiq murojaatlar tahlil qilinganda, xonadondan chiqindi tashib ketilmayotgani, aholining aniq soniga mos ravishda to‘lov belgilanmasligi va xizmatlarning belgilangan grafikda ko‘rsatilmasligi holatlari aniqlangan. 2 nafar fuqaro istiqomat qilayotgan xonadondan chiqindi tashib ketilmagan va bundan tashqari hisob-kitobda 5 kishi uchun haq undirilgan.

 

MCHJ tomonidan yangi tariflar aholiga o‘z vaqtida eʼlon qilinmagan holda qo‘llanilganligi tufayli 2024–2025 yillar mobaynida Quva tuman filiali tomonidan yuqori tarif qo‘llanilishi natijasida 264 mln so‘mdan ortiq, Farg‘ona shahar filiali tomonidan 17 mln so‘mga yaqin mablag‘lar ortiqcha hisoblanganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, Quva tumanidagi Baynalminal, Jalayer, Iftixor, Katta Qashqar, Mustaqillik, Namuna, Sufi MFYlariga Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95-sonli qaror talablari asosida xizmat ko‘rsatilmaganligi natijasida 1.7 mlrd so‘mdan ziyod ortiqcha mablag‘ hisoblanganligi maʼlum bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada chiqindi uchun 2 mlrd so‘m asossiz pul undirildi | Zamon.uz